Hozirgi jadallik bilan rivojlanib borayotgan globallashuv jarayoni har bir insonni, u qaysi soha vakili bo’lmasin, chet tillarini mukammal bilishini talab etmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida yosh kadrlarga chet tillarini o’rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Farg’ona davlat universiteti Sirtqi ta’lim bo’limi, “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasida Xorijiy til o’qituvchilari tomonidan talabalar ishtirokida xorijiy tilda sahna ko’rinishi namoyish etildi.
Tadbirda talabalar o’zlarining xorijiy tilda qanchalik bilim va ko’nikmalarga ega ekanliklarini namoyon etdilar. Bunda faollik ko’rsatgan talabalar sirtqi bo’lim rahbariyati tomonidan Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.