Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

UNIVERSITET REKTORI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI TALABA-YOSHLARI BILAN UCHRASHDI

13:34, 08.04.2022      

Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida Matematika-informatika fakultetida talaba-yoshlar, akademik guruhlar sarkorlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bunda yoshlarning bugungi ma'naviy qiyofasi, bilim olish darajasi, fikrlash dunyosi, maqsad va rejalari, ularni qiziqtirayotgan muammolar, axborot olish va uzatish, internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati kabi muhim masalalar kun tartibida bo'ldi.

Uchrashuvda guruh sarkorlari orqali talabalarga yurtga va millatga sadoqat, diyonat, oliygohga hurmat tushunchalari uqtirib borildi.

Yoshlar bilan olib borilgan o'zaro muloqotlarda ularning taklif va mulohazalari ham o'rganildi.