Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

E ` L O N

14:17, 08.04.2022      

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MIQYOSIDA O’TKAZILADIGAN

«YOSHLARNI FIZIKA FANI VA TA’LIMI RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI»

MAVZUSIDAGI ILMIY-TEXNIK ANJUMAN AXBOROT XATI

Fizika sohasidagi yosh olimlar, tayanch doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar ishtirokida Universitet miqyosida “Yoshlarni fizika fani va ta’limi rivojlanishidagi o‘rni” mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani 2022-yil 26-aprel kuni o'tkaziladi.

Anjuman Farg'ona davlat universitetining Fizika – texnika fakulteti 208- Konferensiyalar xonasida bo'lib o'tadi. Anjuman boshlanishiga qadar anjuman materiallarini nashr etish rejalashtirilgan.

Anjumanning ishchi tillari: o'zbek, rus, ingliz.

Anjumanning maqsadi: Respublikamizda fizika fanining rivojlanishini taminlash, yosh fiziklar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari darajasi va sifatini oshirish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish, talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish.

Shu munosabat bilan, sizlardan tezislarni o'zbek, rus yoki ingliz tillarida elektron shaklda 2022- yil 20-aprelgacha conffsu2022@gmail.com elektron pochta orqali yuborishingizni so'raymiz.

Anjumanda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tezislar qabul qilinadi:

  • -Nazariy fizika
  • -Amaliy fizika
  • -Mikroelektronika va nanoelektronika
  • -Texnika fanlari
  • -Fizikani o’qitishning zamonaviy masalalari

Anjuman dasturida yalpi ma'ruzalar (10 daqiqa), Sho’ba ma'ruzalari (5 daqiqa) mavjud.


Ishtirokchilar ma’lumotnomasi

  • 1.Familya, ism, otasining ismi
  • 2.Tashkilot nomi (to'liq va qisqartirilgan)
  • 3.Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
  • 4.Tashkilotning pochta manzili
  • 5.Telefon, faks
  • 6.е-mail
  • 7.Tezis nomi

9. Yo’nalish nomi

TEZISNI RASMIYLASHTIRIS TALABLARI

  • 1.Maqola Times New Roman shriftida 14 kattalikda, 1.5 intervalda qabul qilinadi;
  • 2.Mavzu nomi bosh harflarda va qoraytirilgan holda, mavzudan so`ng esa muallif(lar)ning F.I.Sh. va ish (o`qish) joyi to`liq keltiriladi;
  • 3.Muallifning elektron manzili va telefon raqami keltiriladi;
  • 4.Maqola annotatsiyasi (maqolaning muxtasar mazmuni va maqsadi) va kalit so`zlari berilishi SHART (o`zbek, rus, ingliz tillarida);
  • 5.maqolaga havola(snoska)lar [1,2,...] ko`rinishida va maqola so`ngida adabiyot sifatida ko`rsatilishi lozim;
  • 6.Rasmlar: Barcha grafik materiallar (chizma, jadval, diagramma, rasm) «Rasm» (“Rasm.”) deb arab raqamlari bilan qayd etiladi. Belgi yoki ishoralar – rasm ostida, keyingi qatorda, o`rtada joylashtiriladi va qoraytirilgan shrift bilan belgilanadi;

1-rasm. Rasm nomi

  • 7.Rasm matndan yuqori va pastdan bir qatordan bo`sh qoldiriladi. Barcha rasmlarda xavola bo`lishi shart (1-rasm).

Muhim sanalar

Ishtirok etish va tezislarni topshirish uchun ariza (5 betgacha). Belgilangan ma'ruzani anjuman dasturiga kiritish: 2022 yil 20-aprelgacha. Konferensiya ishi: 2022- yil 26-aprel kuni bo’lib o’tadi.

TASHKILIY QO'MITANING MANZILI:

Farg'ona shahri, FarDU, Murabbiylar ko’chasi, 19-uy, fizika-texnika fakulteti, 101- xona. Elektron pochta manzili: conffsu2022@gmail.com

+998911123451 - Ro’ziboyev V

+998972156566 -Yuldashev Sh

+998905348910- Roziqov J