Joriy yilning 23-aprel kuni soat 10:00 ga belgilangan Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Marayimova Kibriyoxon Islomjon qizining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Muzey pedagogikasi vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni turizm faoliyatiga tayyorlash tizimi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu Ilmiy seminar yig‘ilishi Farg‘ona davlat universitetidagi “Gender tengligi ilmiy-tadqiqot markazi”da bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Tel.: (99873) 244–44–02; faks: (99873) 244–44–93,
e–mail: fardu_info@umail.uz