Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YOSH OLIM MONOGRAFIYASI - KEMBRIJDA

09:58, 16.04.2022      


Jahon tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Otabek Mahmudovning "Medieval European translators of the works of Muslim Eastern scientists: from Gerbertus Aureliacus to Raymundus Lullius" ("Musulmon Sharqi allomalarining o‘rta asr yevropalik tarjimonlari: Oriyaklik Gerberdan Raymondo Lulliygacha") nomli monografiyasi Britaniyaning Cambridge University Press (Kembrij universiteti nashriyoti) tomonidan chop qilindi.

Mazkur monografiya olimning "O‘rta asr Yevropa tarjima markazlarida Sharq olimlari asarlarining o‘rganilishi" nomli tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mo‘ljallangan dissertatsiyasi doirasida tayyorlangan.

Monografiya International Academy of the History of Science (Xalqaro fan tarixi akademiyasi) ko‘magida jahon ilmiy jamoatchiligi orasida o‘rta asr tarjima tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis hisoblangan professor Charlz Bernett muharrirligi ostida chop qilindi.