Yosh avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo’lida jonlarini fido qilgan mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz abadiy merosini va ularning faoliyati o’rganish hamda yoshlarni Vatanga bo’lgan sadoqat va chuqur xurmat ruhida tarbiya qilish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, Zootexniya fakultetining dekani, biologiya fanlari doktori, dotsent M.Isag'aliyevlar tomonidan 1-bosqich talabalari hamda San'atshunoslik fakulteti 2- bosqich talaba - yoshlari tyutorlar mas'ulligida Farg'ona davlat universitetida joylashgan “Qatag'on qurbonlari" xotira muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
Muzeyda talaba-yoshlar Vatanimiz istiqloli yo‘lida mardona kurash olib borgan ma’rifatparvar ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga bog’liq tarixiy ma’lumotlarga hamda oliygohimiz haqidagi muhim tarixiy ma’lumotlarga ega bo’ldilar.