Farg'ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti, "Yoshlar ittifoqi" universitet boshlang'ich tashkiloti hamkorligida fakultet talabalari o'rtasida "Zakovat" intelektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi. Ko‘tarinki va murosasiz tarzda o‘tgan o‘yinda talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Turnir saralash bosqichlarida g'olib bo'lgan 5 ta jamoa hamda 1 ta mehmon jamoalar ishtirok etdilar.
Yakuniy natilarga ko'ra:
1-o'rinni "Inspire" jamoasi,
2-o'rinni "Ideal" jamoasi,
3-o'rinni "Psixologik armiya"
hamda "Yuksalish" jamoalari qo'lga kiritdi.
G'oliblarga universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektor P. Otaqulov tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan bu kabi intelektual o’yinlar, ularning o’z bilimlarini yanada chuqur egallashlariga va izlanishlar ko’lamini kengaytirishga zamin yaratadi.