Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Zootexniya fakultetida talabalar uchun ajoyib sayohat tashkil etildi.

13:47, 16.04.2022      

Chet tillari o'qituvchilari M.Ergasheva, A.Mamarasulov va fakultet tytorlari tashabbusi bilan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida talabalar uchun ekskursiya tashkil etildi.Talabalar uchun dastlab shahardagi San'at Saroyidagi tabiat qoy'nida ''Ilm va shaxsiy rivojlanish - muvaffaqiyat kaliti'' mavzusida seminarda o'tkazildi.

So'ngra yoshlar kitob do'konlarida bo'lib, badiiy asarlar, qiziqarli qo'llanmalar bilan tanishdilar.

Sayohat davomida talabalar shahardagi 1-sonli umumta'lim maktabida bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan motivatsion suhbat qurdilar. Suhbat yakunida o'quvchilarga kitoblar taqdim etdilar.

Kitobxonlikdan so'ng yoshlar viloyat o'lkashunoslik muzeyida bo'ldilar. Mazkur maskanda ular boy tariximiz, buyuk ajdodlarimiz hayotini real fakt, jonli tasvirlar, qadimgi ashyolar orqali chuqur o'rgandilar.