Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

JAHON TARIXI KAFEDRASI XALQARO ILMIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETADI!

08:48, 19.04.2022      

Markaziy Osiyoning eng qadimgi davrdan to hozirga qadar bo‘lgan tarixini arxeologik, etnografik, manbashunoslik, tarixshunoslik, arxivshunoslik va fan tarixi nuqtai-nazaridan o‘rganishga qaratilgan yangi tadqiqotlar natijalarini chuqur muhokama qilish hamda ularni xalqaro ilmiy jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilishdan iborat.

Xalqaro konferensiyada quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

I. Markaziy Osiyo arxeologiyasi va etnologiyasi muammolari;

I. Zamonaviy medievistik tadqiqotlarda Markaziy Osiyo tarixi masalalari;

III. Markaziy Osiyo tarixi manbashunosligi;

IV. Markaziy Osiyoning davlatchilik tarixi masalalari;

V. Markaziy Osiyo – xalqaro munosabatlar kontekstida;

VI. Markaziy Osiyo tarixi – yosh tarixchi nigohida.

Maqolalar 2022-yil 18-mayga qadar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.

Konferensiya materiallari elektron ilmiy to‘plam ko‘rinishida ISBN raqami bilan chop etiladi. Bunda, to‘plam ResearchGate xalqaro tizimiga joylashtiriladi va ilmiy maqolalar Google Scholar xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi.

Iqtidorli yoshlarni ilmga yo‘naltirish maqsadida xalqaro konferensiya doirasi «Markaziy Osiyo tarixi – yosh tarixchi nigohida» nomli sho‘ba ham faoliyat yuritishi belgilangan bo‘lib, unda talaba va magistrantlar istiqbolli ilmiy tadqiqot mavzularida olib borayotgan izlanishlarining natijalariga asoslangan tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin. Bunda, tezislar ilmiy rahbarlarning tahriri va taqrizi asosida qabul qilinadi.