Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“KITOBXONLIK – RUHIYAT BAYRAMI”

14:42, 22.04.2022      

Festival davomida universitetning Filologiya fakultetida ushbu ijod ahli vatalabalar o’rtasida “Kitobxonlik – ruhiyat bayrami” mavzusida uchrashuv tashkillandi.

Uchrashuvda Kinematografiya agentligi direktori birinchi o’rinbosari Sh.Mirzayev yoshlarga viloyatdagi adabiy muhit, uning tarixi xususida gapirib, Farg’ona zaminidan yetishib chiqqan buyuk darg’alar, mohir adiblar, ma’rifatparvarlar ijodi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berdi.

Turkiy til va turkiy adabiyot ilmini yoshlarga puxta o’rgatib kelgan filologlar ham aynan shu makonda mehnat qilganliklarini ta’kidladi. Yoshlar Enaxon Siddiqovaning kitobxonlik xususidagi o’gitlari, Iqbol Mirzoning xalqchil she’rlaridan bahramand bo’lish bilan birga shu kuni o’zlari uchun muhim ma’naviy ozuqa oldilar.