Davlatimiz rahbarining “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” degan so’zlari hamda 2022-yil 20-yanvardagi "Zakovat intellektual o'yinlarini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va shu kabi intellektual o'yinlarini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Farg’ona davlat universitetida "Zakovat" intellectual klubi tashkil etilgan bo’lib, unda yoshlar o’zlarining bilim va malakalarini sinovdan o’tkazib kelmoqdalar.
Jumladan, Pedagogika-Psixologiya fakulteti talaba-yoshlari o’rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.
Mazkur tadbirda fakultet dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar qatnashdilar. Turnirda 5 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, "Ideal" jamoasi g'alaba qozondi.
Shuningdek, Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bilim salohiyatlarini yanada oshirish maqasadida Tarix fakulteti talaba-yoshlari tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Jami 18 ta jamoa ishtirokida o'tkazilgan turnirda "Golden" jamoasi g'alaba qozondilar.