Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“USTOZLAR YODI DOIMO QALBIMIZDA”

15:04, 13.05.2022      

“9-May Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyatfakultetida “Ustozlar yodi doimo qalbimizda” mavzusida uch avlod uchrashuvi tashkillandi.

Tadbirdan ko’zlangan maqsad, ko’p yillar fakultetda faoliyat ko’rsatgan marhum ustozlarni xotirlash hamda hozirda nafaqada bo’lgan faxriy ustozlarning hayotiy tajribalari yoshlarga na’muna sifatida ko’rsatishdan iboratdir.

Tadbir universitetning sport kompleksi majmuasida olimpiada chempionlarining faxriylarni kutib olishlari bilan boshlandi. Mehmonlar yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar va yoshlar ishtirokidaga ko’rgazmali chiqishlar bilan tanishdilar.

Universitetning “Nilufar”studiyasida fahriy ustozlarbilan dildan suhbat bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida fakultet dekani I.Yo’ldashev universitet rektori B.Shermuhammadov tomonidan berilgan tashakkurnoma va estalik sovg’alarni mehmonlarga topshirdi.

Tadbir so’nggida mehnat fahriylari bir payola choy ustida diydor ko’rishdilar.