Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

INSON AZIZ, XOTIRA – MUQADDAS

15:19, 13.05.2022      

Farg’ona davlat universitetida 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati “Uch avlod uchrashuvlari” davom etmoqda. Oliygohning Filologiya fakulteti Rus tili o'qitish metodikasi professor o'qituvchilari ham hayirli ishga qo’l urdilar, ular fakultetda ko’p yillar mehnat qilib, hozirda nafaqada bo’lgan faxriy ustozlar xonadonida bo’ldilar, ular holidan xabar oldilar.

Shuningdek, Matematika-informatika fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o'qituvchilari munosabati bilan universitet faxriy ustozlari Mamajonova Zumradxon, Osmanova Xadichaxon, O'rinboyeva Qudratxon, Shamsuddinova Gulnoraxonlarning xonadonlarida bo'lib, holidan xabar olindi.

Shu bilan birga, oliygohning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Farg'ona tumani Chimyon qishlog'idagi "Hazrati Huvaydo" masjidida bo'ldilar.

Tashrif chog'ida Hazrati Huvaydoning 6-avlodi O'lmas ota bilan maroqli suhbat qurdilar.