Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O’YINLARI

16:04, 13.05.2022      

2022-yil 20-yanvardagi "Zakovat intellektual o'yinlarini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va shu kabi intellektual o'yinlarini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Farg’ona davlat universitetida "Zakovat" intellektual klubi tashkil etilgan bo’lib, unda yoshlar o’zlarining bilim va malakalarini sinovdan o’tkazib kelmoqdalar.

Yoshlar Ittifoqi Boshlanģich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Tyutor+Talaba nomli “Zakovat” intelektual o’yini universitetning “Book cafe”sida bo’lib o’tdi.

Fakultetlardan saralangan 14 ta jamoa ikki tur davomida oʻz bilimlarini sinadi.

Turnir yakuniga koʻra, Filologiya fakultetining "Filolog" jamoasi 1-o’rinni, Chet tillari fakultetining "Fortuna" jamoasi 2-o’rinni, Ingliz tili va adabiyoti fakultetining "19-94" jamoasi 3- oʻrinni egalladilar.

Gʻoliblar maxsus sertifikat, kitoblar jamlanmasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.