Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BIZNING TALABA – OSIYO CHEMPIONI

17:54, 13.05.2022      

Mamlakatda kamondan o’q otish – O’zbekistondagi eng qadimgi sport turidir.

Mamlakatimizda kamondan o’q otish sport turini rivojlantirish bo’yicha 2021 yil 17 iyun kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmonni imzolanishi, yurtimizda ushbu sport turini yanada yuksalishiga sabab bo’ldi.

Sportning ushbu turi bo’yicha bir qator Jahon va Osiyo chempionlari yetishib chiqa boshladi .

Jumladan, Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Abdusattorova Ziyoda Iroqda o’tkazilgan Osiyo chempionatida sportning "Kamondan o’q otish" turi bo'yicha “Osiyo chempioni” bo’lib, “Oltin medal” ni qo’lga kiritdi.

Bundan tashqari, Ziyoda Butun Jahon Universiada o’yinlariga yo’llanmani ham qo’lga kiritdi.

Chempionimizni yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!