Diqqat e’lon!!!
15:47, 14.05.2022
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasida tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.
Tanlov talablari:
- -mavzuning mazmun-mohiyati to‘la ochib berilganligi;
- -o‘ziga xoslik, obrazlilik, hissiylik, ifodaviylik darajasi;
- -yangicha yondashuvlar, mustaqil fikrlar va ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
- -plakatda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi va mentalitetimizga mos manbalarning yoritilganligi;
- Taqdim etiladigan plakatlar A1, A2 va A3 hajmda bo‘lishi mumkin.
- Tanlovga taqdim etiladigan plakat (rangli yoki oq-qora, devorga osiladigan targ‘ibot matni yoki rasmi tushirilgan surat)lar A1, A2 va A3 gacha hajmda, ko‘rinishi va matni yaxlit, diqqatni tortadigan, axborot, reklama, targ‘ibot-tashviqot va uslubiy-metodik o‘quv jarayonini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lishi kerak.
- Plakatlar qo‘lda chizilgan, fotosurat, banner yoki bosma ko‘rinishida qabul qilinadi. Plakatni tayyorlashda turli innovatsion-amaliy uslublardan foydalanish mumkin.
- Tanlovning universitet bosqichida g‘olib bo‘lganlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanadi.
- Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagi tartibda pul mukofoti va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari bilan rag‘batlantiriladi:
- 1-o‘rin – 3 500 000 so‘m;
- 2-o‘rin – 2 500 000 so‘m;
- 3-o‘rin – 1 500 000 so‘m.
- Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlarini 2022-yil 20-mayga qadar yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga taqdim etadilar.