Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Diqqat e’lon!!!

15:49, 14.05.2022      

Talaba-yoshlar o‘rtasida respublika miqyosida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovda maqolaga qo‘yiladigan talablar:

  • -mavzuning mazmun-mohiyati to‘la ochib berilganligi;
  • -stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
  • -adabiyotlardan foydalanganlik darajasi, tahliliy yondashuvlar va mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
  • -o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
  • -hayotiy misollardan foydalanganlik va mentalitetimizga mos manbalar yoritilganligi;
  • -dolzarb masallar va yechimlari bo‘yicha takliflar bildirilganligi;
  • -maqolada kalti so‘zlar o‘zbekcha, inglizcha va ruscha so‘zlar annotatsiyaning mavjudligi;
  • Taqdim etiladigan maqolalar 8-10dan 16-20 betgacha bo‘lishi mumkin.
  • Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o‘zbek, rus va ingliz) kompyuter Word dasturida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda, 1 intervalda, chapdan 30mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi kerak.
  • Tanlovning universitet bosqichida g‘olib bo‘lganlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanadi.
  • Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagi tartibda pul mukofoti va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari bilan rag‘batlantiriladi:
  • 1-o‘rin – 3 500 000 so‘m;
  • 2-o‘rin – 2 500 000 so‘m;
  • 3-o‘rin – 1 500 000 so‘m.
  • Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlarini 2022-yil 20-mayga qadar yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga taqdim etadilar.