Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

15:52, 14.05.2022      

Xalqaro hamkorliklar yurtimizda har bir sohasidagi rivojlanishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan hamkorliklar bugungi kunda o’z samarasini berib kelmoqda.

Jumladan, Farg’ona davlat universitetida olib borilayotgan xalqaro hamkorliklar alohida ahamiyatga egadir. Pedagogika-psixologiya fakulteti, Psixologiya kafedrasida Rossiyaning Tomsk davlat universiteti, Boshqaruv psixologiyasi kafedrasi o’qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi S.Y.Valeryevna ishtirokida psixologiya yo’nalishi talabalariga “Biznes psixologiyasi” fanidan dars mashg’ulotlari tashkil etildi.

Mashg’ulot davomida xorijlik olima talabalarga “Biznes psixologiyasi” fanining inson faolyatidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berdi, bu borada fikr mulohazalar, ilmiy xulosalar muhokama etildi.