Bugun Filologiya fakultetida “Filologiya ta’limi masalalari: muammo va uning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Anjuman qizg’in davom etar ekan, ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etuvchilar ham qamrab olindi.
5 ta sho’bada o‘tkazilgan ushbu anjumanda 200 ga yaqin qatnashchi 170 dan ortiq maqola va tezislar bilan ishtirok etdi.
“Bugungi xalqaro anjumanda Rossiya, Turkiya, Xitoy, Ozarbayjon, Tojikiston kabi xorijiy davatlarning vakillari bilan bir qatorda, ko‘plab yosh olim va magistrlarning ishtirok etayotganligi - 90 yildan ortiq tarix va an’analarga ega Farg‘ona davlat universitetida tomir yoygan adabiyotshunoslik maktabi bugun ham samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi dalilidir” – deya ta’kidladi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor I.Zokirov o’z kirish so’zida.