Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​BIZNING TALABA QIZ JAHON CHEMPIONATIDA

10:01, 21.05.2022      

Farg‘ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti, 1-bosqich 21/122-guruh talabasi Mohira Abdullayeva sportning boks turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida o’tkazilayotgan jahon chempionatida ishtirok etib, yuqori marralar sari olg’a bormoqda.

Turkiyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida unutilmas g‘alaba. +81 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Farg‘ona viloyati vakili Mohira Abdullayeva kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida shohsupaga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Mohira yakuniga yetgan chorak final bahsida kongolik raqibinimag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Ma’lumki, boksda ushbu bosqichga yetib kelgan sportchilar kamida bronza medalini naqd qilib qo‘yadi. Bu esa Abdullayevaning musobaqa shohsupadan o’z o’rniga ega bo’lishidan dalolatdir.