Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​"BU BIZNING TALABA"

13:40, 23.05.2022      

Poytaxtimizda «Mirzo Ulug‘bek vorislari» respublika tanlovining final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kreativ va innovasion g‘oyalarga ega iqtidorli yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur taqdirlash marosimoda, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vaziri A.Toshqulov so’zga chiqib, g’oliblarni tabriklar ekan,“Yoshlarga kuzatuvchanlik emas, ishtirokchi bo‘lish yarashadi”, degan fikrni ilgari surdilar.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 100 nafar innovator yoshlar 5 400 000 so‘m miqdorida pul mukofoti, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Eng quvonarlisi, g‘oliblar ichida ko‘pchilikni talaba-yoshlar tashkil etdi.

Jumladan Farg’ona davlat universitetining Zootexniya fakulteti talabalari Ahmadjonova Muxlisa Anvarjon qizi va Qosimov Bekzod Ulug'bek o'g'li "Mirzo Ulug’bek vorislari" ilmiy innovatsion loyihasining Respublika bosqichi g'olibi bo'ldilar.

Talabalarimizning ushbu muvaffaqiyatlari, keyingi faoliyatlarida puxta poydevor vazifasini bajarishiga ishonamiz.