Axborot olamida Internet davri kelgani, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotgani hech kimga sir emas albatta.
Axborot vositalari asosan, yoshlar e’tiborini o’ziga tortayotgani, ayniqsa, dunyoning 21 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan aholisi interner saytlaridan eng ko’p foydalanishlari, ushbu masalaning qanchalar dolzarb mavzu ekanini anglatadi.
Farg’ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari hamda Farg‘ona shahar “Xo‘jamberdiboy” masjidi imom noibi K.Raximov ishtirokidao’tkazilgan “Internet saytlari: yoshlar onggi va qalbi uchun kurashning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagima’naviy-ma’rifiy tadbirning mazmuni ham shu haqida bo’ldi.
Unda, Internet tarmoqlarining yoshlar ongiga ijobiy hamda salbiy ta’siri haqida, undan maqsadli vaoqilona foydalanish lozimligi haqida bir qator masalalarga to’xtaldilar.
Uchrashuv so’nggida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.