"Erta nikoh va uni oldini olish", "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash" va "Qizlarning odob- ahloq qoidalariga rioya etishlari" xususidagi mavzularni chuqur muhokama etish maqsadida, Farg’ona davlat universiteti Matematika-informatika fakultetiXotin-qizlari masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.To‘xtasinova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi hodimi M.Ehsonova,Farg‘ona shahar Perinatal markaz vrachi G.Bobojonovalarbilan birgalikda talaba-qizlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdata’lim-tarbiya, kiyinish madaniyati va erta turmushni oldini olish to‘g‘risida fikr almashinish bilan birga, hozirgi kunda ommalashib borayotgan yoshlar o‘rtasidagi volontyorlik xizmatlari haqida ham tushunchalar berib o‘tildi. Talaba-qizlarni volontyorlik asosida shahrimizda joylashgan Bolalar shaharchasida universitet tomonidan tashkil etilayotgan to‘garaklarda faoliyat olib borishga chaqirdi.