Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida, talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillash chora-tadbirlari kun sayin kuchaymoqda.
Jumladan, oliygohning San`atshunoslik fakulteti, Musiqa ta`limi va madaniyati kafedrasi talabalari ishtirokida “O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan “Bilimlar bellashuvi” tashkillandi.
Yoshlarning bilim-salohiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu bellashuvda, talaba-yoshlar tezkor savol-javoblar, musiqiy chiqishlar va sahna asarlari orqali o'z qobiliyatlarini namoyon qildilar.
Tadbir so’nggida, g’oliblar universitet rahbariyatining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.