Talaba-yoshlarni ijodga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ijodkorlik layoqatini rivojlantirish hamda yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida, Filologiya fakultetida zamonaviy tojik adabiyoti vakili, xalq shoiri Loiq Sherali tavalludining 81 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha o’tkazildi.
Ushbu adabiy kechada fakultet adabiyotshunos olimlari tomonidan, shoirning o’zbek tilida yozilgan ijod na’munalari hamda shoir ijodining o’zbek adabiyotida tutgan o’rni haqida keng mushohada yuritdilar. Fakultetning iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan ijodkor qalamiga mansub sahnalashtirilgan asarlardan parchalar kecha ishtirokchilarie’tiboriga havola etildi.