Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​KUCH VA MAHORAT MAYDONI

09:04, 26.05.2022      

Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakultetida o‘tkazilayotgan dala-o‘quv mashg‘ulotlari yurt himoyachilari bo’lgan kursantlarimizning yuksak harbiy mahoratini oshirishga, mustahkam iroda va matonat egasi bo’lishga, o‘z Vataniga sadoqatli mard o’g’lon bo’lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Dala-o‘quv mashg‘ulotlari yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini, mahorat va tajribalarini oshirishga, iroda va matonatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishlari uchun tajriba maydonidir.

Harbiy ta'lim fakultetining 2-bosqich talabalari ham aynan shu maqsadda dala-o'quv amaliyotini o'tashga kirishdilar. Kursantlar Farg'ona viloyatida joylashgan Sharqiy harbiy okrug poligonida dala-o'quv mashg'ulotlarida faol qatnashib, harbiy texnikalarda o'z tajribalarini oshirmoqdalar.