Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​UNIVERSITETDA YANGI ANSAMBL

13:45, 26.05.2022      

Dutorchi qizlar ansambli — xonanda va sozanda xotin-qizlardan tashkil topgan ansambl bo’lib, dastlab, oʻzbek davlat filarmoniyasi qoshida "Dutorchi qiz-juvonlar" ansambli (1939 yil) tashkil etilgan. Keyinchalik yurtimiz viloyatlari va bir qator oʻquv yurtlarida ham “Dutorchi qizlar ansambl”lari tashkil etildi.

Jumladan, Fargʻona davlat univetsiteti San'atshunoslik fakultеti qoshida Durdona Murodova badiiy rahbarligida "Nafis" nomli dutorchi qizlar ansambli tashkil etildi va o'z faoliyatini boshladi.

Mazkur ansanmbl o’zining ilk konsеrt dasturini taqdim etdilar. Ushbu konsertda ansambl repertuaridan yuzlab oʻzbek xalq qoʻshiqlari o’rin egallagan bo’lib, ular milliy qoʻshiqchilik anʼanalarining noyob durdonalaridir.