Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​ANORCHILIK ILMINI RIVOJLANTIRISH YO'LIDA

14:52, 27.05.2022      

Farg'ona davlat universitetida professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida agrosanoat, iqtisodiyot ta'lim yo'nalishlari, bo'lajak anorchilik sohasi mutaxassislari uchun yangilik bo'lgan "O'zbekiston Respublikasida anorchilik iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etish" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda mazkur yangi kitobning nashr etilishi oliy ta'lim muassasalari va anorchlik sohasining ilmiy yutug'i sifatida e'tirof etildi.

Bunda yoshlar bilan kitob mualliflarining aynan o'zlari- xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor A.O'rinov, oliygohning faxriy professori - “Farg‘ona anorchilik” agrofirmasi rahbari Mastura Sayfuddinova, shuningdek, T. Dodoboyev, X.S. Umrzoqovalar jonli muloqot olib bordilar.

Yangi kitobning mazmun-mohiyatini keng ochib bergan universitet professori, pedagogika fanlari doktori, Gender tadqiqotlar markazi rahbari- Turg'unoy Egamberdiyeva – ushbu soha ilmining tarixi, viloyatda anorchlik tarmog'ini rivojlanish yo'li to'grisida talabalarga batafsil ma'lumotlar berdi.