Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​FILOLOGIYA FAKULTETIDAMILLIY LIBOSLAR KUNI

14:54, 27.05.2022      

O’zbek milliy libosi o’zining tabiiyligi, serjiloligi hamda qimmatbaholigi bilan dunyo ahlini o’ziga rom etgani barchamizga ma’lumdir. O’zbek ayoli deganda, avvalo ko’z o’ngimizda egnidaatlas va adrasdan libos va boshida zar do’ppi kiygan ayol siymosi gavdalanadi. Har bir kishiga estetik zavq bag’ishlovchi kamalak misoli tovlanuvchi milliy liboslarimiz azal o’tmishdan o’zbek xalqining faxri bo’lib kelgan.

Yoshlarda ana shunday faxr tuyg’usiniyuksaltirish maqsadida, Filologiya fakulteti jamoasi yangi tashabbusni ro’yobga chiqardilar. Ular haftaning chorshanba kunini "Milliy liboslar kuni" deb e'lon qildilar. Fakultetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o'qituvchilar oliygohda milliy libosda namoyon bo'ldilar.