Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​OLAMSHUMUL TASHABBUS

10:09, 31.05.2022      

Yurtimizda sportga qaratilayotgan alohida e’tibor o’z natijasini ko’rsatib kelmoqda.

Farg’ona davlat universiteti talaba-yoshlarining sport sohasida e’rishilayotgan yutuqlari shular jumlasidandir. Yoshlar o’rtasida sportni yanada rivojlantirish hamda o’zbek milly futboli tashkil topganiligining 110 yilligi munosabati bilan, oliygoh sport majmuasining markaziy o’yingohida takrorlanmas futbol o’yini bo’lib o’tdi.

Ushbu o’yinda, Farg'ona viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari hamda talaba-yoshlar o'zaro maydonga tushdilar.

Futbol o'yinini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov o'z kirish so'zi bilan ochib berar ekan, "Talabalar" jamoasiga muvafaqqiyat tiladi.

Marosimda Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan Jahon arenalarida O’zbekiston bayrog’ini baland ko’tarib, oliygoh sha'ni uchun munosib harakat qilayotgan sport o'yinlari g'olib talabalari taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning "Rektorlar" jamoasi tarkibida faol to'p surayotgani barcha yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi!

Futbol musobaqasi "Rektorlar" 6:7 "Talabalar" natija bilan

Yoshlar jamoasi foydasiga yakunlandi

O'yin yakunida g’olib yoshlar jamoasi munosib taqdirlandilar.