Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Pedagogika-Psixologiya fakultetiga Farg'ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudyasi profilaktik targ'ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida fakultet jamoasi va talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

16:35, 31.05.2022      

2022 yil 6 yanvar kuni Farg'ona viloyat sudi raisi tomonidan tasdiqlangan sudyalarni ommaviy axborot vositalarida chiqish rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida, Farg'ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudyasi R.Qosimov va U.Xo'jaqulovlar 2022 yil 30 may kuni Farg'ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti bilan hamkorlikda talabalar bilan “Sud-huquq soxasida amalga oshirilgan islohotlar”, “Yangi qabul qilingan Qonunlar, Farmon va Qarorlar”, “Chaqaloq savdosi va unga qarshi kurashish”, “Korruptsiyaga qarshi kurashish” va boshqa mavzularda ochiq muloqot o'tkazishdi.

Ochiq muloqotda fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan masalalarda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot savol-javoblarga boy bo'ldi.