Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​CHET TILLARI FAKULTETIDA "OTA-ONALAR" KUNI

12:24, 03.06.2022      

Universitet Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig‘ilishida ma’qullangan “Odob axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalar” bilan tanishtirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakultetida “Ota-onalar kuni” tashkil etildi.

Uchrashuvda 2-bosqich talabalari ota-onalar bilan birga fakultet dekani, tyutorlar va guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

Tadbirda fakultet rahbariyati tomonidan ota-onalarga ijtimoiy odob-axloq qoidalari, ichki tartib-qoidalar hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlarva kredit-modul tizimida qayta o‘zlashtirish tartibi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, korrupsion illatlarga qarshi kurashish, kiyinish madaniyati shuningdek,o'quv yili yakuni, talabalar davomati tahlili hamdaijara xonodonlari holati kabi muhim masalalar yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.