Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KUZATUV KENGASHI YIG'ILISHI

14:29, 03.06.2022      

Farg’ona davlat universitetida Kuzatuv Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig’ilish kun tartibidan joy olgan masalalar:

Universitet rahbar va hodimlari hamda professor-o’qituvchilari faoliyati, uning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibini tasqdiqlash;

Universitetning besh yilga mo’ljallangan uzoq muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash;

Talim yo’nalishlari, mutahassisliklar hamda ixtisosliklar bo’yicha to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul parametrlarini belgilash, mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi talim yo’nalishlari va mutahassisliklarini ochish, talim tili hamda talim olish shaklini belgilash;

Oliygohning byujetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi mablag’laridan foydalanish tartibini, shu jumladan, harajatlarning taqsimlash ulushini belgilash masalalari.

Mazkur Kuzatuv kengashi yig'ilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Xamidovich raisligida bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda kengash a'zolari tomonidan universitetning 2022-yilga mo’ljallangan strategik rejasi, daromadlar va harajatlar smetasiga o’zgartirish kiritish, ta`lim xizmatlari bozoridagi talablar asosida O’zbekiston va xorijiy davlat fuqarolarini to’lov-kontrakt asosida o’qitish qiymatini hamda talabalarning to’lov-kontrakt mablag’larini to’lash muddatlarini belgilash va uzaytirish tartibini tasdiqlash, rahbar hodimlar oylik ish haqiga qo'shimcha ustamalar belgilash, Kuzatuv Kengashining ayrim vakolatlarini universitet Kengashiga o’tkazish, Kuzatuv kengashi tarkibiga o’zgartirishlar kiritish kabi masalalar ham ko'rib chiqildi.

Pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartib ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash, Oliy talimdan keyingi ta`lim instituti faoliyatini takomillashtirish masalalari ham kun tartibida atroflicha muhokama etildi.