Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

DIQQАT, SOʼROVNOMА!

16:24, 23.06.2022      

HURMАTLI USTOZLАR, QАDRLI TАLАBА-YOSHLАR!

Davlat va jamiyat boshqaruvida Sizning ishtirokingiz juda muhim ekanini bilasizmi?

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–4472-son qaroriga binoan, davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tizimli monitoring qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shunga koʼra, tuman (shahar) hokimi lavozimiga kasbiy talablarni aniqlash va keyinchalik ularning zahirasini shakllantirishda foydalanish maqsadida soʼrovnoma ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar ushbu soʼrovnomada faol ishtirok etib, oʼz fuqarolik pozitsiyangizni ifoda etgan holda mahalliy boshqaruv ijro organlari faoliyatini tashkil etishda qatnashing!

Soʼrovnoma havolasi:

https://forms.gle/JFS7pckhGEZ4cQYi8