Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​FARG’ONA DELAGATSIYASI- KANAZAWA UNIVERSITETIDA

09:03, 24.06.2022      

Delegatsiya vakillari Kanazawa Universitetining Prezidenti, professor Takashi Wada bilan uchrashdilar.

Tashrif davomida Farg’ona davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Saidmuhammad Toychiboyzoda Kanazawa universiteti professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlariga universitetimizning qishloq xojaligi sohasidagi loyihalari haqida taqdimot o’tkazdi.

Shuningdek,Farg’ona delegatsiyasi – Nagoya shahar universitetida bo’ldilar.

Xalqaro Hamkorlik doirasida Farg’ona delegatsiyasi Nagoya shahar universiteti Prezidenti professor Kiyofumi Asai bilan uchrashdilar.

Mazkur uchrashuv davomida muzokaralar universitetning Xalqaro aloqalar markazi direktori, Vitse-prezident, Professor Kiyoko Yokoyama va Professor Takahiro Matsumotolar bilan davom etdi. Muzokaradafizikaning yarim o’tkazgichli konduktorlar yo’nalishida hamkorlik olib borilishiga kelishib olindi.

Muzokaralardan so’ng delegatsiya a’zolariga Professor Matsumoto o’zining laboratoriyalarini ko’rsatdi. Delegatsiya vakillari Tokyo san'atshunoslik universiteti, tasviriy san'at fakulteti dekani Mitsui Wataru, xalqaro aloqalar mutaxassisi Yoshiko Shibata va fakultetning professor-oqituvchilari bilan uchrashdilar.

Keramika yonalishi talabalarining ish jarayonlari bilan tanishildi va muzokaralarga ko’ra Universitetning Tasviriy san'at va kulolchilik yo`nalishlarida hamkorlik qilish kelishib olindi.