Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FАRGʼONА SHАHАR HOKIMI VOSILJON NАZАROV BITIRUVCHI-YOSHLАRI BILАN UCHRАSHDI

13:35, 25.06.2022      

Muhtaram Prezidentimiz hamisha inson manfaatlari masalasiga toʼxtalganlarida fuqarolarning har qanday muammolarini hal etish davlatning asosiy majburiyatlaridan biri ekanini ta'kidlaydilar.

Shu bois, aholi, ayniqsa, uning asosiy qatlami boʼlgan yoshlar, ularning tashabbus va takliflari, muammolarini oʼrganish vazifasi doimo kun tartibidagi birinchi masaladir.

Shu vazifalar ijrosi doirasida bugun Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov Fargʼona davlat universitetida bitiruvchi-yoshlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot ruhidagi uchrashuvda yoshlar “mahallabay” ishlash boʼyicha yangi tizim yangiliklari, imtiyozlardan ham xabardor boʼldilar.

"Bugungi kunda yangi mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlarni bandligini taʼminlash har bir rahbar oldida turgan asosiy vazifalardan biri" - deya taʼkidladi shahar hokimi oʼz nutqida.

Yoshlar bilan suhbat chogʼida ish oʼrinlari xususida batafsil maʼlumotlar berildi va joriy yil davomida yangi loyiha va dasturlarni ishga tushurish hisobiga yaratilayotgan koʼplab yangi ish oʼrinlari aytib oʼtildi.

Shuningdek, hokimlik rahbariyati va mutassadilarga rahbar tomonidan yoshlarning taklif va tavsiyalari, muammolar bilan manzilli ishlash rejalari belgilab berildi.