Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA – XALQARO HAMKORLIK

19:00, 28.06.2022      

Bugun, Xalqaro hamkorlik doirasida Farg’onadavlat universiteti Xalqaro munosabatlar bo’yicha prorektori O’rinov Akmal AhmadjonovichShadrinskiy davlat pedagogika universiteti, Kurgan davlat universiteti rektorlari hamda viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari vakillari oʼrtasida uchrashuv oʼtkazildi.

Muzokaralar davomida xalqaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Jumladan, Kurgan viloyati agrosanoat, oʼrmon xoʼjaligi, don mahsulotlari tayyorlash, qurilish, sanoat, metalni qayta ishlash kabi tarmoqlarda boy tajriba va imkoniyatga ega ekanligi, taʼlim sohasida ham Fargʼona viloyati bilan hamkorlik aloqalari yoʼlga qoʼyilishi ijobiy natija koʼrsatishi qayd etildi.

Shuningdek, Shadrin davlat pedagogik universiteti qo'shimcha ta'lim boshqarmasi rahbari Kalinina Olga Valerevna, oliygoh xalqaro bo'limi boshlig'i- Levchenko Galina Paramonovna, Farg'onada oliy ta'lim muassasalari bilan o'rnatilayotgan hamkorlik aloqalari samarali bo'lishiga yuksak ishonch bildirdilar. Suhbat davomidaShadrin va Kurgan davlat pedagogik universiteti haqida to'liq ma'lumotlar berildi. Mehmonlar ushbu oliygohlarga o'zbek talabalarini taklif qilish istagini bildirdilar. Farg'ona davlat universiteti bilan tanishuv davom etar ekan, “Qatag'on qurbonlari” xotira muzeyi ham e'tibor markazida bo'ldi.

Mehmonlarning tashrifi munosabati bilan oliygoh nomidan esdalik sovg’alar topshirildi.