Mamlakatimiz rivojlantirishda ta’lim, ilm-fanning taraqqiy etishini ta’minlashda pedagoglarning ilmiy salohiyat darajasini oshirish bugungi kunning muhim masalalaridan biridir.
Bugun, Farg’ona davlat universitetida faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchi olimlarning safi yana bittaga ko’paydi.
Jumladan, universitetning Chet tillari fakulteti ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Muhammadamin G'aniyev "Tarixiy romanda syujet va kompozitsiya (Nurali Qobulning "Sultonning so'nggi kuni yoxud Amir Sohibqiron va To'xtamishxon" romani misolida)" mavzusida o'zbek adabiyoti ixtisosligi bo'yicha filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.