Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XALQARO HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

16:21, 02.07.2022      

Kuni kecha Belorussiyaning Maksim Tank nomidagi Belorussiya davlat pedagogik universiteti vakillari ishtirokida ZOOM platformasi orqali hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda FarDUning xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A.O’rinov, Belorussiya davlat pedagogika universitetining o’quv ishlari bo’yicha prorektori, xalqaro hamkorlik bo’limi rahbari va pedagogik kadrlarni malakasini oshirish instituti direktori ishtirok etdilar.

Bunda ikki universitet haqidagi ma’ruzalar tinglandi va tomonlar o'zlari haqida batafsil ma’lumot almashdilar.

So’ngra oliygohlarning hamkorlik nuqtalari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlari, stajirovka, talabalar almashinuvi va mobillik, ilmiy konsultantlik bo'yicha takliflari tinglandi.

Yakunda birinchi qadam sifatida memorandum imzolash masalalari kelishilib, mas’ullar tayinlandi.