Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​HAPKIDO – KUCH, ENERGIYA VA AHILLIKDA BIRLASHISH

16:26, 02.07.2022      

Hapkido – hozirgi mavjud jang san’atlarining eng samarali usullarini o‘zida mujassam etgan koreys jang san’ati bo’lib, u Taekvondo va dzyudodan keyin uchinchi o‘rinda turadigan sport turidir.

Ushbu sport turida anatomik nuqtalar ustida ishlashga katta e’tibor beriladi. Hapkido – bu qo‘llar, oyoqlar, tirsaklar, tizzalar, bosh, ochiq va yopiq kaftlar, barmoqlar, burmalar, og‘riqli tutqichlar, otishlar kabi zarba berishning keng usullarini o‘z ichiga olgan jang turi hisoblanadi.

Hapkido O‘zbekistonda ham ommalashtirilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston Hapkido federatsiyasi faoliyat yuritmoqda.

Farg‘ona shahrining "Samo" sport majmuasida sportning Hapkido turi bo'yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Xalqaro musobaqaning Farg'ona viloyat bosqichi ochilish marosimida Jismoniy madaniyat fakulteti hamda Filologiya fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.