Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING YANGI USULLARI

16:29, 02.07.2022      

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon bo‘lib, u bir-biriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamohangligidan iboratdir.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari muntazam ravishda tizimli va ilmiy asosda tashkil etiladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimida – ta’lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham muhim ahamiyati egadir.

Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti Falsafa kafedrasida ham shu mavzu doirasida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda Harbiy ta'lim fakulteti boshlig'i, polkovnik I.Saidov "Yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning kreativ usul va vositalari" mavzusidagi ma'ruzasi bilan qatnashdi.