Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“BOLALARNING ENG SEVIMLI KITOBI”

18:01, 04.07.2022      

So’nggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ'iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog'ini oshirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Bu borada “Eng yosh kitobxon”, “Eng yaxshi kitob” kabi turli tanlovlar o’tkazilib, kitobxonlar safi kun sayin kengayib bormoqda.

Jumladan, Respublika miqiyosida "Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi o’tkazildi.

Ushbu tanlovda Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Qobiljon Shermatovning "BUVAMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT" asari 200 ga yaqin kitoblar orasida g'olib deb topildi. Yosh ijodkorga tashkilotchilar tomonidan 50 millon so'mpul mukofoti topshirildi. Yosh ijodkorning ushbu kitobi koʻplab bolalarni oʻqishga qiziqishiga sabab boʻlmoqda. Shu sababli ham biz ushbu yutuqni BMT ning Barqaror rivojlanish maqsadlari SDG 4 ning bolalar taʼlimini rivojlantirish vazifasiga universitet jamoasining qoʻshgan hissasi deb ham baholasak bo`ladi.