Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH TARG`IBOTI

17:33, 06.07.2022      

Germaniyaning Gyote insitituti Respublikamizning nufuzli universitetlaridan boʼlgan Oʼzbekiston milliy universiteti, Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Fargʼona davlat universiteti va Urganch davlat universitetlari bilan DLL (nemis tilini oʼrgatish va oʼrganish) oʼquv majmualarini oʼquv rejaga kiritib, tadbiq etish yuzasidan memorandum imzolangan edi.

Mazkur loyiha yuzasidan bir yillik natijalar sarhisobi boʼyicha 4-8-iyul kunlari Toshkent Yedelvays mehmonxonasida seminar tashkillandi. Seminar rahbari Moskva Gyote institutidan Filologiya fanlari doktori, professor Galina Skripkina.

Seminarda universitetimizning chet tillar fakulteti, nemis va frantsuz tillari kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi M.Qahhorova hamda nemis tili yoʼnalishining iqtidorli 5 nafar talabalari ishtirok etmoqdalar.