O’zbek xalqining boshqa ko’p xalqlarga na’muna va o’rnak bo’lsa arzirli milliy qadriyat va udumlari mavjud bo’lib, ulardan biri xalq hasharlaridir.
Yurtimiz obodligi, atrof muhit ozodaligi uchun xalqimizning birlashib, ahillik bilan amalga oshirgan ezgu ishlar zamirida, mehr – oqibatga yo’g’rilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar mujassamdir.
Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan faol talaba-yoshlar "Hashar elga yarashar" shiori ostida Farg'ona viloyati Quva tumani Yuqoriqo'rg'oncha MFY qabristonidamahalla a’zolari bilan hashar uyushtirdilar.
Hasharda talabalar mazkur jamoat joyining obodligiga o'z hissalarini qo'shdilar. Fargʻona davlat universitetida hozirda BMT tomonidan ilgari surilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari SDG ni qoʻllab- quvvatlash va ona tabiatni asrash va uni obodonlashtirish boʻyicha yosh talabalarga ham amaliy, ham nazariy bilimlar berib kelinmoqda.