Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakulteti dekani Sh.Shuhratov Litva Respublikasining Vilnius shahridagi dunyo oliy ta’lim muassasalaring reytingida 401-o’rinda turadigan Vilnius universitetida bo'ldi.
Ikki oliy ta'lim muassasasi o’rtasida tuzilgan memorandumga ko'ra, Vilnius universiteti fizika fakulteti bilan qo’shimcha kelishuvlarga hamdayangi o’quv yilidan fakultetlar o’rtasida professor-o’qituvchilarning qisqa muddatli malaka oshirishlari, mashg’ulotlar o’tishlari, talabalar almashinuvi va xalqaro doirada hamkorlikda grant loyihalarini amalga oshirish kelishib olindi.