Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti dekani hamda professor-o'qituvchilari bayram arafasida fakultetda ko'p yillar ishlab, hozirda nafaqada bo'lgan faxriy ustozlarini xonadonlarida bo'ldilar.
Shuningdek, Qo'shtepa tumanida istiqomat qiluvchi nemis tili yo'nalishi 4-bosqich talabasi Hamdamjon Mahmudov hamda uning onasi Malohat opaning holidan xabar oldilar. Malohat opa bir oy avval Hindistonda jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazib qaytgan edi. Bugungi kunda uning ahvoli yaxshi ekanidan barcha xursand. Fargʻona davlat universitetida jamoasining ijtimoiy koʻmakka va maʼnaviy eʼtiborga muhtoj boʻlgan talabalar va ustozlarni qadrlash yo'lida amalga oshirgan bu ishlari SDG ning oʻz-oʻzidan rivojlanish maqsadlarini qoʻllab-quvvatlash va oʻzbek xalqi qadriyatlariga xos mehr - muruvvatlilik kabi ezgu hislatlarni namoyon qiladi.