Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan islohotlar jadal olib borilmoqda.
Buning yaqqol dalili sifatida kuni kecha “2022-2026 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 165-sonli Farmon hamda “2022-2026 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʼyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi 307-sonli Qaror qabul qilinib, ijroga tatbiq etilmoqda.
Bugun Fargʼona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov raisligida boʼlib oʼtgan yigʼilishda ham ushbu qonunlarning mazmun-mohiyati, jamoaga batafsil tushuntirilib, ahamiyati keng tahlil etildi.
Yigʼilishda universitet rahbari tomonidan taʼkidlanganidek, quvonarlisi, ushbu qonun hujjatlarida Fargʼona davlat universiteti professor-oʼqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, yosh doktorantlarining umumiy qiymati 2 milliard 836 millon soʼm boʼlgan jami - 19 ta loyihasi tasdiqlanib, joriy yilning dekabr oyiga qadar ijroga yoʼnaltirilishi belgilangan.