Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FDU - ABITURIENT 2022

14:22, 31.07.2022      

Farg'ona davlat universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar qizg'in davom etmoqda.

Kuni kecha kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 60111300 - Musiqa ta’limi, 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 61010300 - Sport faoliyati: Kurash, Futbol yo‘nalishlarida boshlangan imtihonlarda 229 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

Aytish kerakki, imtihon o‘tkaziladigan hududlar to‘liq kamera kuzatuvida va fdu.uz sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan. Imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazilayotganini kuzatish uchun keng jamoatchilik, Xalq deputatlari Farg'ona viloyat kengashi vakillari, OAV xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas'ul rahbarlari boshchiligdagi ishchi guruh imtihonlarni ochiq, adolatli va shaffof o'tkazilishi yuzasidan nazorat olib bormoqda.

Ota-onalar uchun kutish maydonlari tashkil etilgan bo‘lib, maydonga o‘rnatilgan monitorlarda kuzatuv kameralari orqali imtihon jarayonlarini kuzatib borishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ertalabki navbatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan 86 nafar abituriyentdan 74 nafari imtihon jarayonlarida qatnashdi.