Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XALQARO HAMKORLIK UCHRASHUVLARI

09:34, 12.08.2022      

Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro munosabatlar o’z samarasini ko’rsatmoqda. Ushbu hamkorliklar davlatimizda oliy ta’limni rivojlantirish, ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llagan holda o`quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o`qituvchilarning malakasini oshirish kabi bir qator ishlar ko’lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari doirasida Farg'ona davlat universitetiga Malayziyaning Oliy texnologiya kolleji dotsenti, doktor Jamal Halifa tashrif buyurdi, uni Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor A. O'rinov samimiy qarshi oldi.

Tashrif davomida Oʼzbekiston va Malayziya Oliy ta’lim muassasalari oʼrtasida hamkorlik oʼrnatish, professor-oʼqituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, kelajakda TEFL (ingliz tilini xorijiy til sifatida oʼqitish) boʼyicha qoʼshma dasturlari muhokama qilindi.