Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​ILMIY XABARLAR

08:34, 15.08.2022      

Inson kamolotining ham, davlatlar rivojining ham bosh omili – ilmdir. Qayerda ilmga, ta’lim-tarbiyaga jiddiy e’tibor berilsa, o’sha yerda ravnaq, yuksalish, farovonlik bo’lishiga barchamiz guvoh bo’lganmiz.

Farg’ona davlat universitetining ilmiy salohiyatini yana bir pog’ona yuksalishiga o’zining samarali izlanishlari bilan hissa qo’shgan yosh olimlarimiz safi yana bittaga ko’paydi.

Jumladan, Farg‘ona davlat universitet huzuridagi Ilmiy kengashda Tarix fakulteti, O‘zbekiston tarixi kafedrasi tayanch doktoranti Xakimova Saida Baxtiyorovnaning O‘zbekiston tarixi hamda Fan va texnologiyalar tarixi ixtisosliklari bo‘yicha “XIX – XX asr boshida O‘zbekiston hududida gidrografik tadqiqotlar tarixi” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muhokamasi bo'lib o'tdi.

Muhokama natijasiga ko’ra, tadqiqotchining ilmiy ishi 100% ovoz bilan keyingi bosqichga tavsiya etildi.